25.10.2018 yildagi PQ-3982-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan hamkorlik sohasida Oʻzbekiston Respublikasi davlat siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlarning vatandoshlar bilan aloqalarni oʻrnatishning samaradorligi past darajada va qisman ekanligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiy, ijtimoiy, investitsiyaviy, ilmiy-maʼrifiy, madaniy va boshqa ustuvor loyihalar hamda dasturlarni amalga oshirishda vatandoshlarning salohiyatidan oqilona foydalanmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vatandoshlar bilan hamkorlik qilishning uzoq muddatli va mustahkam tizimini yaratish hamda 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vatandoshlar bilan hamkorlik sohasida Oʻzbekiston Respublikasi davlat siyosatining asosiy maqsadlari sifatida quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan hamkorlik sohasida Oʻzbekiston Respublikasi davlat siyosati Konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda — Konsepsiya) 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar dasturi (keyingi oʻrinlarda — Chora-tadbirlar dasturi) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsepsiya va Chora-tadbirlar dasturining sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan muvofiqlashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsepsiya va Chora-tadbirlar dasturining bajarilishi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(2-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-fevraldagi PF-6168-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2021-y., 06/21/6168/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori malakali kadrlarni Oʻzbekistonda zarur boʻlgan mutaxassisliklar boʻyicha ishga olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy va maishiy masalalarni hal qilishga yordam berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vatandoshlarning oʻqishi, ishi va boshqa ijtimoiy masalalarini toʻliq (qisman) moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida koʻzda tutilgan soddalashtirilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vatandoshlarning ommaviy axborot vositalarini Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan oʻtishini soddalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanishiga munosib hissa qoʻshgan vatandoshlarni davlat mukofotlari va faxriy unvonlar bilan taqdirlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi asosida davlat tomonidan koʻrsatiladigan boshqa qoʻllab-quvvatlash va ragʻbat choralari.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-fevraldagi PF-6168-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2021-y., 06/21/6168/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-dekabrdagi PF-5892-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 25-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3982-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-oktabrdagi PQ-3982-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan hamkorlik sohasida Oʻzbekiston Respublikasi davlat siyosati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konsepsiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur Konsepsiya Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa normativ-huquqiy aktlar hamda xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan prinsiplari va normalariga asoslanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Oʻzbekiston Respublikasining vatandoshlar bilan hamkorligining asosiy prinsiplari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi vatandoshlar bilan hamkorligining asosiy maqsadlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasining vatandoshlar bilan hamkorlik sohasidagi davlat siyosatining asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Oʻzbekiston Respublikasining vatandoshlar bilan hamkorligining asosiy yoʻnalishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
§1. Madaniy, ilmiy, maʼrifiy va axborot sohalarida hamkorlikni rivojlantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ushbu Konsepsiyaning 10-bandida koʻrsatilgan vatandoshlar bilan hamkorlikning asosiy sohalari quyidagilardir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vatandoshlarning taʼlim olish va kasbiy mahoratlarini oshirish, shuningdek, ularning oʻz tarixiy Vatanining ilmiy, madaniy va ijtimoiy hayotida ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet elda tahsil olayotgan Oʻzbekiston fuqarolari bilan doimiy aloqani oʻrnatish va ushlab turish, ularning Oʻzbekiston hududida ish bilan taʼminlashiga zaruriy yordam koʻrsatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
§ 2. Iqtisodiy sohada hamkorlikni rivojlantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy aloqalarni kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy mahsulotlar eksporti hajmini oshirishga yordam berish va uning geografiyasini kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy turistlarni jalb qilish, mamlakatning turistik salohiyatini, infratuzilmasini va Oʻzbekistonda turizmning yangi turlarini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank-moliya faoliyatini tartibga solishning zamonaviy prinsiplarini va mexanizmlarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va xorijiy investorlarning Oʻzbekistonda faoliyat yuritishida ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Vatandoshlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish choralari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori malakali kadrlarni Oʻzbekistonda zarur boʻlgan mutaxassisliklar boʻyicha ishga olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy va maishiy masalalarni hal qilishga yordam berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vatandoshlarning oʻqishi, ishi va boshqa ijtimoiy masalalarini toʻliq (qisman) moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida koʻzda tutilgan soddalashtirilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vatandoshlarning ommaviy axborot vositalarini Oʻzbekiston Respublikasi hududida akkreditatsiyadan oʻtishini soddalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasini rivojlanishiga munosib hissa qoʻshgan vatandoshlarni davlat mukofotlari va faxriy unvonlar bilan taqdirlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi asosida davlat tomonidan koʻrsatiladigan boshqa qoʻllab-quvvatlash va ragʻbat choralari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Konsepsiyaning samarali amalga oshirilishi vatandoshlar bilan ochiq muloqot va samarali hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga hamda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-oktabrdagi PQ-3982-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan hamkorligini rivojlantirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar dasturi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbir nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Muddat

Masʼul ijrochilar

I. Huquqiy-normativ bazani shakllantirish va takomillashtirish

1.

Chet elda istiqomat qiluvchi vatandoshlar (keyingi oʻrinlarda — vatandoshlar) va ularning oila aʼzolari uchun kirish vizalarini, shu jumladan, koʻp marotabali va uzoq muddatli, vaqtinchalik yashash hamda ishlash uchun ruxsatnomalarni rasmiylashtirishning soddalashtirilgan tartibini joriy etish.

1. Tegishli huquqiy-normativ hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishish.

2. Belgilangan tartibda huquqiy-normativ hujjatlarning loyihalarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.

2018-yil

30-dekabrgacha

IIV (D. Nazarmuxamedov),
TIV (D. Axatov),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
(E. Muxitdinov),

Adliya vazirligi (N. Joʻrayev),
DXX (A. Usmanov)

2.

“Vatandosh pasporti”ni tatbiq qilish boʻyicha chet el tajribasini hamda uni Oʻzbekiston Respublikasida joriy qilishning maqsadga muvofiqligini oʻrganish.

Aniq taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish yuzasidan chet el tajribasini oʻrganish va tahlil qilish.

2019-yil

1-martgacha

IIV (D. Nazarmuxamedov),
TIV (D. Axatov),

Adliya vazirligi (N. Joʻrayev),

DXX (A. Usmanov),

vazirlik va idoralar

3.

“Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Qonunga vatandoshlarga Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini berishning soddalashtirilgan tartibini joriy qilishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.

1. Qonun loyihasini ishlab chiqish va kelishish.

2. Qonun loyihasini belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.

2019-yil

1-iyungacha

IIV (D. Nazarmuxamedov),
TIV (D. Axatov),
Adliya vazirligi (N. Joʻrayev),
DXX (A. Usmanov),
vazirlik va idoralar

4.

Vatandoshlarning madaniy, maʼrifiy, axborot, lingvistik ehtiyojlarini taʼminlash maqsadida hamkorlik qilish shuningdek, shu sohada hamkorlik dasturlarini amalga oshirish boʻyicha xalqaro shartnomalar va boshqa hujjatlarni tuzish.

1. Xorijiy mamlakatlarning ixtisoslashtirilgan tashkilotlarini aniqlash.

2. Xalqaro shartnomalar va boshqa hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va idoralararo kelishish.

3. Hujjatlar loyihalarini xorijiy tomon bilan kelishish.

4. Shartnomalar tuzish.

2019-yil

1-iyulgacha

Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi

(K. Ishanxodjayev),
Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov),

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (O. Abduraxmanov),

TIV (D. Axatov)

II. Chet elda istiqomat qiluvchi vatandoshlar boʻyicha maʼlumotlar bazasini yaratish va ular bilan ish olib borishdagi

istiqbolli yoʻnalishlarni tahlil qilish

5.

Quyidagilarni oʻz ichiga olgan maʼlumotlar bazasini yaratish: bebaho ilmiy-amaliy tajribaga ega, olim, ekspert, tadbirkor, yuqori malakali mutaxassis, madaniyat, sanʼat, sport va boshqa soha xodimi boʻlgan vatandoshlar (chet davlatlar va mutaxassisliklari boʻyicha kataloglashtirish hamda davlat idoralarining kadrlar xizmati uchun onlayn qidiruv va foydalanish imkonini yaratish), ular bilan manzilli ishlarni olib borish, shuningdek, ularning salohiyatini Oʻzbekistonning rivojlanishiga jalb etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish; chet eldagi vatandoshlar tashkilotlari, shu jumladan, xorijdagi biznes-assotsiatsiyalar, milliy va madaniy markazlar, fondlar, maktab, kafedra va universitetlar, shuningdek, vatandoshlarning ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, xususiy tele va radio kompaniyalar, bosma va elektron nashriyotlar.

1. Idoralararo ishchi guruh tashkil etish.

2. Maʼlumotlar bazasini yaratish.

3. Vatandoshlar va ularga tegishli tashkilotlar bilan manzilli ish olib borish, ularning salohiyatini Oʻzbekiston Respublikasini ivojlantirishga jalb etish boʻyi?a chora-tadbirlar va takliflarni ishlab chiqish.

2019-yil

1-maygacha

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi,

TIV (D. Axatov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(O. Umarov),

DXX (A. Usmanov), Iqtisodiyot vazirligi (M. Mirzayev), Sogʻliqni saqlash vazirligi

(B. Yusupaliyev), Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi
(K. Ishanxodjayev), Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi (L. Kudratov),
Tashqi savdo vazirligi

(S. Saifnazarov),
Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(O. Abduraxmanov),
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (D. Saidjonov),
MTRK (A. Xodjayev),
vazirlik va idoralar

6.

Chet elda taʼlim olayotgan Oʻzbekiston yoshlarini kelgusida oʻqishni tamomlaganidan keyin Oʻzbekiston Respublikasida ish bilan taʼminlash yuzasidan takliflar ishlab chiqish maqsadida ular boʻyicha maʼlumotlar bazasini yaratish.

1. Maʼlumotlar bazasini yaratish.

2. Yoshlarning ishga joylashishga boʻlgan ehtiyojlarini aniqlash va ular bilan manzilli ish olib borish.

3. Oʻqishni tamomlagan iqtidorli yoshlarni Oʻzbekistonda ish bilan taʼminlash boʻyicha amaliy takliflar ishlab chiqish.

2018-yil

1-dekabrgacha

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi

(O. Tadjiyev), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(O. Abduraxmanov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E. Muxitdinov), TIV (D. Axatov)

7.

Oʻzbekiston Respublikasining vatandoshlar bilan hamkorligini, ularning tashkilotlari faoliyatini, ular bilan doimiy muloqot olib borilishini, ilm-fan, texnologiyalar, sogʻliqni saqlash, menejment va boshqa sohalarda fikr, tajriba va bilimlar almashinuvini yoritish maqsadida “UzBridge” axborot-tahliliy elektron jurnalini yaratish.

1. Elektron jurnalning konsepsiyasi va mundarijasi (kontent) ishlab chiqish.

2. Tahrir kengashni, birlamchi mualliflik guruhini tashkil etish.

3. Jurnalning birlamchi talqinini yaratish va sinovdan oʻtkazish, saytni ishga tushirish.

4. Saytni muntazam ravishda yangilab turish.

5. Elektron jurnal bazasida vatandoshlarni birlashtiruvchi ijtimoiy tarmoq platformasini yaratish.

2019-yil

1-aprelgacha

TIV (D. Axatov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(O. Umarov), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (D. Saidjonov), Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi

(K. Ishanxodjayev)

III. Iqtisodiy sohada hamkorlikni rivojlantirish

8.

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga sarmoya kiritish, venchur fondlarni, qoʻshma korxonalarni yaratish va boshqalar boʻyicha vatandoshlar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash.

1. Oʻzbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishga hissa qoʻshishga qodir va tayyor boʻlgan vatandoshlarni aniqlash.

2. Muzokaralar olib borish.

3. Oʻzbekistonda tegishli loyihalarni amalga oshirish borasida huquqiy, axborot va tashkiliy-amaliy yordam koʻrsatish.

2019-yil

1-martgacha

TIV (D. Axatov),

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi (L. Kudratov),
Innovatsion rivojlanish vazirligi (A. Nazarov),

Tashqi savdo vazirligi

(S. Saifnazarov), Iqtisodiyot vazirligi (M. Mirzayev), vazirlik va idoralar

9.

Vatandoshlarning Oʻzbekiston Respublikasida eksportga yoʻnaltirilgan mahsulot ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyishga hamda xorijiy bozorlarga oʻzbek mahsulotlarini yetkazib berishni koʻpaytirish boʻyicha faoliyatini qoʻllab-quvvatlash.

1. Oʻzbekiston mahsulotlarini tashqi bozorlarga chiqarishda ishtirok etishni istagan vatandoshlarni aniqlash.

2. Muzokaralar olib borish.

3. Eksport shartnomalarini tuzishda huquqiy, axborot va tashkiliy-amaliy yordam koʻrsatish.

Muntazam ravishda

Tashqi savdo vazirligi

(S. Saifnazarov),
Savdo-sanoat palatasi

(A. Ikramov), Innovatsion rivojlanish vazirligi

(A. Nazarov), Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi

(L. Kudratov), Iqtisodiyot vazirligi (M. Mirzayev),

TIV (D. Axatov),

vazirlik va idoralar

10.

Oʻzbekistonning turistik mahsulotini ilgari surishdan, mamlakatimizda turistik infratuzilma, turizmning yangi turlarini rivojlantirishda ishtirok etishdan manfaatdor vatandoshlar bilan hamkorlikni rivojlantirish.

1. Manfaatdor vatandoshlar bilan aloqalar oʻrnatish, muzokaralar olib borish va sayyohlik loyihalarini ishlab chiqish.

2. Vatandoshlarga tegishli loyihalar va dasturlarni amalga oshirishda huquqiy, axborot hamda tashkiliy-amaliy yordam koʻrsatish.

Muntazam ravishda

Davlat turizmni rivojlantirish qoʻmitasi

(U. Kasimxodjayev), Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi

(L. Kudratov),
TIV (D. Axatov),
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK (U. Xusanov)

11.

Vatandoshlar safidan yuqori malakali mutaxassislarni Oʻzbekiston Respublikasining davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda joylardagi ijro hokimiyati va boshqa davlat tashkilotlarining rahbar hamda masʼul lavozimlariga, shuningdek rahbarlarning konsultantlari (maslahatchilar) sifatida jalb qilish.

1. Vatandoshlar safidan yuqori malakali mutaxassislarni tegishli lavozimlarga nomzodligi boʻyicha takliflar tayyorlash.

2. Muzokaralar olib borish, Oʻzbekiston Respublikasiga tanishuv tashriflarini oʻtkazish.

3. Rahbar va masʼul lavozimlarga jalb qilinayotgan vatandoshlarga huquqiy va axborot koʻmagini berish, shuningdek, Oʻzbekistonga koʻchib kelishi bilan bogʻliq masalalarni hal etishda amaliy yordam koʻrsatish.

Muntazam ravishda

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi, TIV (D. Axatov),
LBMA (D. Li), Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi

(L. Kudratov), Innovatsion rivojlanish vazirligi

(A. Nazarov), Iqtisodiyot vazirligi (M. Mirzayev), Tashqi savdo vazirligi

(S. Saifnazarov),vazirlik va idoralar

12.

Vatandoshlarga tadbirkorlik, ilmiy-tadqiqot, taʼlim, innovatsion va boshqa loyihalari hamda dasturlarini amalga oshirish uchun davlat tasarrufida boʻlgan boʻsh obyektlarni taqdim etish.

1. Vatandoshlarga tegishli talabnomaga asosan davlat tasarrufida boʻlgan boʻsh obyektlarni berish.

2. Huquqiy va tashkiliy-texnik masalalarni hal qilishda har tomonlama yordam koʻrsatish.

Muntazam ravishda

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi, Raqobat qoʻmitasi

(N. Sharipov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

IV. Madaniy-gumanitar, ilmiy, taʼlim va axborot sohalarida hamkorlikni rivojlantirish

13.

Oʻzbek tili, madaniyati va anʼanalarini, xususan, oʻzbek tili va adabiyoti kurslarini tashkil etish, seminarlar, madaniy kechalar, konferensiyalar, festivallar va boshqa madaniy tadbirlarni oʻtkazish yoʻli bilan dunyoga targʻib etish va ommalashtirish uchun Alisher Navoiy nomidagi Madaniyat markazini tashkil etish masalasini oʻrganib chiqish.

1. (Konfutsiy instituti/XXR, Gyote instituti/GFR, Servantes instituti/Ispaniya, Yunus Emre instituti/Turkiya va boshqalar) singari shunga oʻxshash institutlar tashkil etish va faoliyatini yuritish orqali xorijiy tajribani oʻrganish.

2. Alisher Navoiy nomidagi Madaniyat markazi va uning filiallarini chet elda taʼsis etish boʻyicha takliflarni tayyorlash.

3. Normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini va konsepsiyasini ishlab chiqish va ularni belgilangan tartibda koʻrib chiqilishi uchun kiritish.

2019-yil

1-maygacha

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),
Moliya vazirligi

(A. Xaydarov),
TIV (D. Axatov),
Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari Qoʻmitasi

(K. Ishanxodjayev),

vazirlik va idoralar

14.

2019-yil Samarqand shahrida Vatandoshlar xalqaro forumini tashkil etish va oʻtkazish.

1. Forum konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqish.

2. Forum qatnashchilari roʻyxatini tuzish.

3. Tegishli farmoyish qabul qilinishi uchun hujjatlar toʻplamini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

4. Forumni oʻtkazish.

2019-yil

1-fevralgacha

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi, “Buyuk kelajak” XNNT

(B. Ismailov), Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari Qoʻmitasi

(K. Ishanxodjayev),

TIV (D. Axatov)

15.

Xorijda Oʻzbekistonning xalqaro imidjini ilgari surish va mamlakatimiz hayotining barcha jabhalarida olib borilayotgan tub oʻzgarishlarni namoyon qilish maqsadida vatandoshlar bilan muntazam ravishda uchrashuvlar, taqdimotlar, “davra suhbatlari” va boshqa tadbirlarni oʻtkazishni tashkillashtirish.

1. Tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Tadbirlarni oʻtkazish.

2019-yil

1-martgacha

TIV (D. Axatov), “El-yurt umidi” jamgʻarmasi, Millatlararo munosabatlar ?a xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari Qoʻmitasi

(K. Ishanxodjayev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

16.

Oʻzbekiston Oliy oʻquv yurtlarida oʻzbek tili va adabiyoti, tarix, kino, madaniyat, teatr sanʼati, televideniye va radio yoʻnalishlari boʻyicha tahsil olish uchun xorijiy fuqarolar safidan yosh vatandoshlarga grantlar taqdim etish.

1. Vatandoshlarga taʼlim grantlarini taqdim etish mexanizmlarini ishlab chiqish.

2. Mexanizmning ijro etilishini taʼmirlash.

2019-yil

1-maygacha

Oliy va oʻrta maxsus
taʼlim vazirligi

(O. Abduraxmanov),

oliy taʼlim muassasalariga ega boʻlgan vazirlik va idoralar

17.

Vatandoshlarning ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikni rivojlantirish, ularning vakillari Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan oʻtkazilishining soddalashtirilgan tartibini joriy etish.

1. Vatandoshlarning ommaviy axborot vositalari va xorijiy ommaviy axborot vositalarining maʼlumotlar bazasini shakllantirish.

2. Akkreditatsiyadan oʻtkazishni yengillashtirish maqsadida ularning faoliyatini oʻrganib chiqish.

3. Akkreditatsiyadan oʻtkazish.

2019-yil

1-martgacha


Muntazam ravishda

TIV (D. Axatov),
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (D. Saidjonov),
DXX (A. Usmanov), manfaatdor vazirlik va idoralar

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-oktabrdagi PF-6320-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son)
Oldingi tahrirga qarang.