Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu modda birinchi qismining “a” va “b” bandlarida nazarda tutilgan hollarda, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashash fakti doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisidagi belgining mavjudligi bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu modda birinchi qismining “v” bandida nazarda tutilgan holda bolaning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini olishi faqat Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan ota-onasining yoxud boshqa qonuniy vakillarining iltimosnomasiga binoan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu modda birinchi qismining “b” bandida nazarda tutilgan shart Oʻzbekiston Respublikasida tugʻilgan va yashab kelayotgan yoki Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi bilan nikohda boʻlgan va nikoh tuzilganidan keyin Oʻzbekiston Respublikasi hududida turmush oʻrtogʻi bilan birgalikda uzluksiz uch yil davomida yashab kelayotgan fuqaroligi boʻlmagan shaxsga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu modda birinchi qismining “a” bandida nazarda tutilgan shart ilm-fan va ilmiy faoliyat, texnika, madaniyat hamda sport sohasida katta yutuqlarga ega boʻlgan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi uchun manfaatli kasbga yoxud malakaga ega boʻlgan vatandoshga va (yoki) uning oila aʼzolariga nisbatan hisobga olinmasligi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan faktlar tasdiqlangan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi (bundan buyon matnda Tashqi ishlar vazirligi deb yuritiladi) xulosa tayyorlaydi va uni materiallar bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari komissiyasiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan fakt aniqlangan taqdirda, Tashqi ishlar vazirligi xulosa tayyorlaydi va uni materiallar bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari komissiyasiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan fakt aniqlangan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosiga ushbu Qonunning 25-moddasi qoidalari tushuntiriladi. Bunda Ichki ishlar vazirligi yoki Tashqi ishlar vazirligi xulosa tayyorlaydi va xulosani materiallar bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari komissiyasiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan fakt aniqlangan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosiga yoki uning qonuniy vakiliga ushbu Qonunning 25-moddasi qoidalari tushuntiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iltimosnoma ushbu Qonunning 37, 38 va 39-moddalarida koʻrsatilgan barcha hujjatlar ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan paytdan eʼtiboran koʻrib chiqish uchun qabul qilingan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti yoki identifikatsiyalovchi kartasi ushbu Qonun 5, 6, 13 — 16 va 32 — 36-moddalarining talablari buzilgan holda olinganligi fakti aniqlangan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti yoki identifikatsiyalovchi kartasi ichki ishlar organining xulosasiga asosan olib qoʻyiladi. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti yoki identifikatsiyalovchi kartasi olib qoʻyilayotgan shaxs mazkur xulosadan norozi boʻlgan taqdirda, u oʻzining Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansubligi yoki mansub emasligi toʻgʻrisidagi masalani hal etish uchun sudga murojaat qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning toʻrtinchi va beshinchi qismlarida koʻrsatilgan xulosalar tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahri va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari boshliqlari yoki viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning 6-moddasida nazarda tutilgan holatlar tasdiqlangan taqdirda, fuqaroligi boʻlmagan shaxs tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahri va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari boshliqlari yoki viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari tomonidan tasdiqlanib, Ichki ishlar vazirligi bilan kelishilgan xulosaga asosan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-moddasining 6-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish va Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish toʻgʻrisida beriladigan arizalardan” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish, uni tiklash va undan chiqish toʻgʻrisidagi iltimosnomalardan yoki Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olish toʻgʻrisidagi arizalardan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-moddasining uchinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish va Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish toʻgʻrisidagi arizalardan” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish, uni tiklash va undan chiqish toʻgʻrisidagi iltimosnomalardan yoki Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olish toʻgʻrisidagi arizalardan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonuniga ilovaning 6-bandi “i” kichik bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish yoki fuqaroligidan chiqarish toʻgʻrisida arizalar berish uchun” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish, uni tiklash va undan chiqish toʻgʻrisidagi iltimosnomalardan yoki Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olish toʻgʻrisidagi arizalardan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш