MSN
| MSN | |
|---|---|
| | |
| Joriy holati | faol |
| Tijoratmi | aralash |
| Sayt turi | veb-portal |
| Roʻyxatdan oʻtish | majburiy boʻlmagan (masalan, maqolalarga sharhlar talab qilinadi) |
| Qaysi tillarda | koʻptilli |
| Muassisi | Microsoft |
| Muallifi | Microsoft |
| Ochilgan sanasi | 1995-yil 24-avgust |
| Mamlakat | AQSh |
| URL | msn.com |
| Qaysi dasturlash tilida yozilgan | ASP.NET |
MSN (Microsoft Network) – Microsoft kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan va 1995-yil 24-avgustda ish boshlagan yirik internet-provayder va veb-portal (ochilish sanasi Windows 95 chiqarilgan sana bilan bir xil). „MSN“ nomi keyinchalik Hotmail elektron pochta xizmatiga, MSN Messenger tezkor xabarlar xizmatining mijoziga, shuningdek, Microsoft tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan bir qator veb-uzellarga tarqalgan.
2002-yil, rivojlanish choʻqqisida MSN dial-up xizmati 26,5 million mijozga ega AOL LLC dan keyin 9 million obunachi bilan AQShdagi ikkinchi yirik internet-provayderiga aylangan[1]. MSN.com Yahoo! va Googledan keyin Internetda eng koʻp tashrif buyuriladigan saytlardan biri boʻlgan[2]. Shuningdek, Outlook Express va Microsoft Office Outlook 10 va undan past versiyalarida MSN.com elektron pochta hisobini roʻyxatdan oʻtkazishda barcha havolalar bilan tabrik xati kelgan.
Saytning joriy versiyasi 2014-yilda toʻliq qayta ishlab chiqilganidan soʻng taqdim etilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ David Zeiler. „MSN joins the crowd“. // The Baltimore Sun (2003-yil 19-iyun). 2015-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 23-aprel.
- ↑ „Alexa Top Sites“. // Alexa Internet (2009-yil 1-aprel). 2009-yil 1-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 23-aprel.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |