Tibr
Qiyofa
| Tibr | |
|---|---|
| Tavsif | |
| Uzunligi | 405 |
| Suv sarfi | m³/s |
| Davlat | Italiya |
| Tibr | |
Tibr — Apennin yarim oroldagi eng katta dare. Uzunligi 405 km, havzasining maydoni 16,5 ming km². Apennin togʻlaridan boshlanib, Maremma tekisligidan oqadi. Maydoni 250 km²ga teng delta hosil qilib, Tirren dengiziga quyiladi. Asosan, yomgʻirdan toʻyinadi. Qishda toʻlib oqadi, baʼzan toshadi. Oʻrtacha suv sarfi 260 m³/sek. Daryo suvidan sugʻorishda foydalaniladi. Bir nechta GES qurilgan. Quyi oqimida kema qatnaydi. T. boʻyida Italiya poytaxti — Rim sh. joylashgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |