Violonchel
| Violonchel, oldi va yon tomoni | |
| Torli asbob | |
|---|---|
| Turi | Torli asbob |
| Hornbostel–Sachs klassifikatsiyasi | 321.322-71 (Kamonli kompozit xordofon) |
| Registri | |
|
| |
Violonchel (ital. violoncello) -skripkastlotar oilasiga mansub torlikamonli soz. Bastenor registrli. 4 tori kvinta oraligʻida sozlanadi. Diapazoni 5 oktavaga yaqin. Umumiy uz. 155 sm. Ijro paytida V.ni tik holatda ushlab sahnaga qoʻyishadi. 15-asr oxiri — 16-asr boshi da Yevropada xalq kamonli sozlari rivoji natijasida yuzaga kelgan. Yakkanavoz soz sifatida hamda turli ansambl va orkestrlar tarkibida ishlatiladi. Oʻzbekistonda V. ijrochiligi 19-asr oxirida shakllangan. Oʻzbekiston kompozitorlaridan S. Jalil V. va orkestr uchun konsert, G. Mushel, B. Giyenko, F. YanovYanovskiy, S. Karimxoʻjayev, N. Zokirovlar turli pesalar yozgan[1].
Violonchel (italyancha „violoncello” soʻzidan kelib chiqqan; qisqartmasi cello) — toʻrt torga ega boʻlgan torli va kamonli musiqa asbobi. Ovozining balandligi boʻyicha alt va kontrabasning orasida turadi. Altning kattalashtirilgan shakliga ega. Violonchel qadimgi viola (italyancha: viola da Gamba) asbobining zamonaviy holidir. Violonchelning tuzulishi xuddi altniki kabi, biroq bir oktava past. Violonchelning ovoz hajmi juda kattadir — uch yarim oktava. Violonchelchi tizzalarini orasida, violonchelni vertikal, shpilini polga tiragan holda qoʻyib chaladi.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Vikiomborda „Cello“ mavzusi boʻyicha mediafayllar bor. |
- CelloBello onlaynn resurs markazi (ingl.) (Wayback Machine saytida 2011-11-28 sanasida arxivlangan)
- Internet Violonchel Jamiyati (ingl.)
| Musiqa haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
